O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi iyunda 12,8 foizga oshdi

eʼlon qilindi
O‘sish barcha hududlarda qayd etildi
Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralar belgilandi
Foto: Facebook

O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi 2026-yil iyun oyida 1,1 ming birlikni tashkil etdi. Bu may oyiga nisbatan 12,8%, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 36% ko‘p.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotiga ko‘ra, iyun oyida ishbilarmonlik faolligi mamlakatning barcha hududlarida oshgan. Eng yuqori o‘sish Sirdaryoda 51,3%, Surxondaryoda 49,1%, Namanganda 47,1% va Xorazmda 45 foizni tashkil etdi.

Banklararo to‘lovlar soni ko‘paydi

Hisobot davrida banklararo to‘lov operatsiyalari soni 7,9 mlntaga yetdi. Bu may oyiga nisbatan 1,2 mlnta yoki 18,7% ko‘p.

O‘sish ayniqsa Qashqadaryo, Jizzax, Farg‘ona va Sirdaryo viloyatlarida yuqori bo‘lgan.

Birja savdolari 27,7 foizga oshdi

Iyun oyida tovar-xomashyo birjasidagi savdolar hajmi 9,5 trln so‘mni tashkil etdi. Bu oldingi oyga nisbatan 27,7% ko‘p.

Omuxta yem savdosi 12 baravar, paxta lintining savdosi 4,2 baravar, shisha bankalar savdosi 2,5 baravar va benzin savdosi o‘rtacha 2,1 baravar oshgan.

Faol korxonalar soni 530 mingdan oshdi

Faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari soni bir oyda 10,5 mingtaga ko‘payib, 530,3 mingtaga yetdi. Shundan kichik korxonalar soni 9,2 mingtaga oshib, 435,4 mingtani, fermer xo‘jaliklari soni esa 90,3 mingtani tashkil etdi.

Yirik korxonalar soni esa 46 taga kamayib, 4,6 mingta bo‘lgan.

Tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish ham oshdi

Iyun oyida tovar belgilari bo‘yicha indeks 18,5 foizga oshdi.

Hisobot davrida yuridik shaxslar tomonidan 473 ta tovar belgisi va tovar nomi ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq MICE turizmi tadbirlarini o‘tkazgan tadbirkorlarga QQSning 50 foizi qaytarilishi haqida xabar berilgandi. MICE turizmi biznes uchrashuvlari, konferensiyalar, ko‘rgazmalar va boshqa ishbilarmonlik tadbirlarini qamrab oladi.

QQSning bir qismini qaytarib olish uchun tadbirkor tadbir yakunlanganidan keyin uch oy ichida Milliy turizm yagona platformasi orqali Turizm qo‘mitasiga murojaat qilishi kerak.

Shuningdek