
Toshkentda iyul oyi haqiqiy jazirama mavsumi bo‘lib, harorat ko‘pincha +40°C dan oshadi. Dam olish kunlarini yoki ishdan keyingi oqshomni o‘tkazishning eng yaxshi usullaridan biri — akvapark yoki basseynga borish. Shaharda va uning atrofida ko‘plab majmualar mavjud: oilaviy akvaparklardan tortib, dam olish uchun ochiq basseynlargacha.
Atlantis

Kirish chiptalari
- Kattalar: 200 000 so‘m;
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 100 000 so‘m;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar: bepul.
Depozitlar (dushanba – yakshanba)
- 300 000 so‘m — 4 o‘rinli stol;
- 400 000 so‘m — 6 o‘rinli stol;
- 500 000 so‘m — o‘n kishigacha mo‘ljallangan tapchan;
- 400 000 so‘m — letka;
- 400 000 so‘m — yashil hudud;
- 300 000 so‘m — stol (katta).
Ijara (dushanba – yakshanba)
- 400 000 so‘m — so‘ri;
- 400 000 so‘m — kabina;
- 400 000 so‘m — VIP xona;
- 400 000 so‘m — ayvon.
Eslatma: depozitlar hisobni yopish uchun ishlatiladi. Ijaraga olingan joylarda depozitlar yo‘q.
Kirish butun kun davomida amal qiladi: soat 11:00 dan 23:00 gacha.
Maxsus kunlar
- Bolalar kuni — har chorshanba kuni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul;
- Xotin-qizlar kuni — seshanba va payshanba kunlari, qizlar uchun kirish chiptasiga 50% chegirma.
Manzil: Sergeli-7, Shokirariq, 18.
Acapulco

Kirish chiptalari
- Dushanbadan jumagacha kattalar: 150 000 so‘m, bolalar (3-12 yosh): 80 000 so‘m;
- Shanba va yakshanba kattalar: 180 000 so‘m, bolalar (3–12 yosh): 100 000 so‘m.
Ijara (plyaj hududi)
- «Tapchanlar» Dushanba – yakshanba: 200 000 so‘m, depozit (shanba, yakshanba va bayram kunlari): 800 000 so‘m;
- Stolchalar Dushanba – Yakshanba: 100 000 so‘m, depozit (shanba, yakshanba va bayram kunlari): 500 000 so‘m.
Kirish butun kun davomida amal qiladi: soat 10:00 dan 22:00 gacha.
Manzil: Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasi, 7.
Balandda Chimgan

Kirish chiptalari
- Erkaklar uchun ish kunlari: 200 000 so‘m, dam olish kunlari: 300 000 so‘m;
- xotin-qizlar uchun ish kunlari: 150 000 so‘m, dam olish kunlari: 250 000 so‘m;
- Bolalar (3 yoshdan 15 yoshgacha) ish kunlari: 80 000 so‘m, dam olish kunlari: 100 000 so‘m;
- 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.
Depozitlar
- 6-8 kishilik kabina ish kunlari: 1 500 000 so‘m, dam olish kunlari: 2 500 000 so‘m;
- 2-3 kishilik chodir ish kunlari: 900 000 so‘m, dam olish kunlari: 1 500 000 so‘m.
Kirish butun kun davomida amal qiladi: 8:30 dan 00:00 gacha.
Manzil: Bo‘stonliq tumani, Chimyon shaharchasi.
Heaven’s Garden

Kirish chiptalari
- Erkaklar — 300 000 so‘m;
- Ayollar — 150 000 so‘m.
Ish vaqti: soat 12:00 dan 22:00 gacha.
Basseyn faqat 21 yosh va undan kattalar uchun ochiq.
Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Oqtosh aholi punkti.
Riverside

Olti kishigacha tapchan ijarasi:
- ish kunlari: 600 000 so‘m;
- dam olish kunlari: 800 000 so‘m.
Ish vaqti har kuni: soat 10:00 dan 18:00 gacha.
Manzil: Toshkent viloyati, Chinoz tumani.
«Море»

Kirish chiptalari
- Kattalar uchun ish kunlari: 350 000 so‘m, dam olish kunlari: 450 000 so‘m
- Kattalar uchun VIP ish kunlari: 450 000 so‘m, dam olish kunlari: 550 000 so‘m
- Bolalar (uch yoshdan 12 yoshgacha) ish kunlari: 200 000 so‘m, dam olish kunlari: 250 000 so‘m
- Uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.
Depozitlar
- Olti kishilik divanlar — 1 000 000 so‘m;
- Sakkiz kishilik chodir — 2 000 000 so‘m;
- 12 kishilik chodir — 4 000 000 so‘m.
Aksiyalar
- Oilaviy kunlar — dushanba, chorshanba va juma — 18 yoshgacha bo‘lgan uch va undan ortiq bolali oilalar uchun kirish chiptasiga 30% chegirma;
- Xotin-qizlar kunlari seshanba va payshanba — 12 yoshdan oshgan barcha qizlar va ayollar uchun kirish chiptasiga 50% chegirma;
- Tug‘ilgan kundan uch kun oldin va uch kun keyin tug‘ilgan kun — kirish bepul.
Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 21-uy.