Lifestyle

Toshkentda qayerda cho‘milish mumkin: eng yaxshi akvaparklar va basseynlar

Shaharda va uning atrofida ko‘plab majmualar mavjud
Foto: Unsplash

Toshkentda iyul oyi haqiqiy jazirama mavsumi bo‘lib, harorat ko‘pincha +40°C dan oshadi. Dam olish kunlarini yoki ishdan keyingi oqshomni o‘tkazishning eng yaxshi usullaridan biri — akvapark yoki basseynga borish. Shaharda va uning atrofida ko‘plab majmualar mavjud: oilaviy akvaparklardan tortib, dam olish uchun ochiq basseynlargacha.

Atlantis

Foto: Tripadvisor

Kirish chiptalari

  • Kattalar: 200 000 so‘m;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 100 000 so‘m;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar: bepul.

Depozitlar (dushanba – yakshanba)

  • 300 000 so‘m — 4 o‘rinli stol;
  • 400 000 so‘m — 6 o‘rinli stol;
  • 500 000 so‘m — o‘n kishigacha mo‘ljallangan tapchan;
  • 400 000 so‘m — letka;
  • 400 000 so‘m — yashil hudud;
  • 300 000 so‘m — stol (katta).

Ijara (dushanba – yakshanba)

  • 400 000 so‘m — so‘ri;
  • 400 000 so‘m — kabina;
  • 400 000 so‘m — VIP xona;
  • 400 000 so‘m — ayvon.

Eslatma: depozitlar hisobni yopish uchun ishlatiladi. Ijaraga olingan joylarda depozitlar yo‘q.

Kirish butun kun davomida amal qiladi: soat 11:00 dan 23:00 gacha.

Maxsus kunlar

  • Bolalar kuni — har chorshanba kuni 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul;
  • Xotin-qizlar kuni — seshanba va payshanba kunlari, qizlar uchun kirish chiptasiga 50% chegirma.

Manzil: Sergeli-7, Shokirariq, 18.

Acapulco

Foto: pools.uz

Kirish chiptalari

  • Dushanbadan jumagacha kattalar: 150 000 so‘m, bolalar (3-12 yosh): 80 000 so‘m;
  • Shanba va yakshanba kattalar: 180 000 so‘m, bolalar (3–12 yosh): 100 000 so‘m.

Ijara (plyaj hududi)

  • «Tapchanlar» Dushanba – yakshanba: 200 000 so‘m, depozit (shanba, yakshanba va bayram kunlari): 800 000 so‘m;
  • Stolchalar Dushanba – Yakshanba: 100 000 so‘m, depozit (shanba, yakshanba va bayram kunlari): 500 000 so‘m.

Kirish butun kun davomida amal qiladi: soat 10:00 dan 22:00 gacha.

Manzil: Yashnobod tumani, Uysozlar ko‘chasi, 7.

Balandda Chimgan

Foto: Balandda Chimgan

Kirish chiptalari

  • Erkaklar uchun ish kunlari: 200 000 so‘m, dam olish kunlari: 300 000 so‘m;
  • xotin-qizlar uchun ish kunlari: 150 000 so‘m, dam olish kunlari: 250 000 so‘m;
  • Bolalar (3 yoshdan 15 yoshgacha) ish kunlari: 80 000 so‘m, dam olish kunlari: 100 000 so‘m;
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.

Depozitlar

  • 6-8 kishilik kabina ish kunlari: 1 500 000 so‘m, dam olish kunlari: 2 500 000 so‘m;
  • 2-3 kishilik chodir ish kunlari: 900 000 so‘m, dam olish kunlari: 1 500 000 so‘m.

Kirish butun kun davomida amal qiladi: 8:30 dan 00:00 gacha.

Manzil: Bo‘stonliq tumani, Chimyon shaharchasi.

Heaven’s Garden

Foto: leto.uz

Kirish chiptalari

  • Erkaklar — 300 000 so‘m;
  • Ayollar — 150 000 so‘m.

Ish vaqti: soat 12:00 dan 22:00 gacha.

Basseyn faqat 21 yosh va undan kattalar uchun ochiq.

Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, Oqtosh aholi punkti.

Riverside

Foto: Yandex

Olti kishigacha tapchan ijarasi:

  • ish kunlari: 600 000 so‘m;
  • dam olish kunlari: 800 000 so‘m.

Ish vaqti har kuni: soat 10:00 dan 18:00 gacha.

Manzil: Toshkent viloyati, Chinoz tumani.

«Море»

Foto: «Море»

Kirish chiptalari

  • Kattalar uchun ish kunlari: 350 000 so‘m, dam olish kunlari: 450 000 so‘m
  • Kattalar uchun VIP ish kunlari: 450 000 so‘m, dam olish kunlari: 550 000 so‘m
  • Bolalar (uch yoshdan 12 yoshgacha) ish kunlari: 200 000 so‘m, dam olish kunlari: 250 000 so‘m
  • Uch yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.

Depozitlar

  • Olti kishilik divanlar — 1 000 000 so‘m;
  • Sakkiz kishilik chodir — 2 000 000 so‘m;
  • 12 kishilik chodir — 4 000 000 so‘m.

Aksiyalar

  • Oilaviy kunlar — dushanba, chorshanba va juma — 18 yoshgacha bo‘lgan uch va undan ortiq bolali oilalar uchun kirish chiptasiga 30% chegirma;
  • Xotin-qizlar kunlari seshanba va payshanba — 12 yoshdan oshgan barcha qizlar va ayollar uchun kirish chiptasiga 50% chegirma;
  • Tug‘ilgan kundan uch kun oldin va uch kun keyin tug‘ilgan kun — kirish bepul.

Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Movarounnahr ko‘chasi, 21-uy.