Voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish tartibi yangilandi

eʼlon qilindi
Hukumat qarori bilan
Voyaga yetmaganlarni emansipatsiya qilish tartibi yangilandi / Foto: Kursiv Uzbekistan

Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning yangi tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Hukumat qarori bilan «Voyaga yetmagan shaxsni to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish (emansipatsiya) bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish»ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga bevosita murojaat qilish, «Inson» markazlari yoki ijtimoiy xodim orqali, shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali foydalanishi mumkin.

Vakolatli organ ariza beruvchini to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qarorni ariza beruvchi psixologik jihatdan yetuk bo‘lganda, o‘z xatti-harakatlarining oqibatini anglaganda, tadbirkorlik yoki mehnat faoliyati bilan kamida uch oy davomida uzluksiz shug‘ullanganda hamda o‘quv fanlarini o‘zlashtirishi va davomatiga oid ijobiy ma’lumot mavjud bo‘lganda rasmiylashtiradi.

Qaror qabul qilingach, ariza beruvchining emansipatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda Emansipatsiya qilingan shaxslar reestriga kiritiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Rektorlar maktabi» uchun qabul tartibi tasdiqlangan edi.

Shuningdek