«Yerga jon kirdi»: O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonning Farg‘ona tumanida ham 2–3 ball kuchida sezilgan
Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda 2–3 ballgacha sezildi
Foto: iStock

15-iyul kuni Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyati hududida 3,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumoti e’lon qilindi.

Yer silkinishi O‘zbekistonning Farg‘ona tumanida ham 2–3 ball kuchida sezilgan.

Epitsentr Botken viloyatida

Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila 15-iyul soat 11:16:35 da sodir bo‘lgan. Yer silkinishining magnitudasi 3,0, o‘chog‘i esa 5 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Zilzilaning epitsentri Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyatida bo‘lib, Toshkent shahridan 265 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan.

Farg‘ona tumanida sezildi

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Xususan, Farg‘ona tumanida yer silkinishi 2–3 ball kuch bilan qayd etilgan. Mazkur hudud epitsentrdan taxminan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Avvalroq «Kursiv» nashri 14-iyul kuni Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda sezilgani haqida yozgandi.

Shuningdek