Yangiliklar

«Yerga jon kirdi»: O‘zbekistonda yana zilzila sodir bo‘ldi

O‘zbekistonning Farg‘ona tumanida ham 2-3 ball kuchida sezilgan
Qirg‘izistondagi zilzila Andijonda 2–3 ballgacha sezildi
Foto: iStock

15-iyul kuni Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyati hududida 3,0 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumoti e’lon qilindi.

Yer silkinishi O‘zbekistonning Farg‘ona tumanida ham 2-3 ball kuchida sezilgan.

Epitsentr Botken viloyatida

Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila 15-iyul soat 11:16:35 da sodir bo‘lgan. Yer silkinishining magnitudasi 3,0, o‘chog‘i esa 5 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Zilzilaning epitsentri Qirg‘iz Respublikasining Botken viloyatida bo‘lib, Toshkent shahridan 265 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan.

Farg‘ona tumanida sezildi

Mutaxassislar ma’lumotiga ko‘ra, zilzila O‘zbekiston hududida ham sezilgan. Xususan, Farg‘ona tumanida yer silkinishi 2-3 ball kuch bilan qayd etilgan. Mazkur hudud epitsentrdan taxminan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Avvalroq «Kursiv» nashri 14-iyul kuni Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda sezilgani haqida yozgandi.