187,4 mln so‘m: Qashqadaryoda mahalla raisi fuqarolar nomiga kredit olgani aniqlandi

eʼlon qilindi
Fuqarolarning imzolari soxtalashtirilgan
Banklar 629 trillion so‘m kredit ajratdi, eng katta ulush Toshkent hissasiga
Foto: Facebook

Qashqadaryo viloyatida sobiq mahalla raisi va uning o‘g‘li olti nafar fuqaroning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qildi.

Fuqarolarning imzolari soxtalashtirilgan

O‘tkazilgan tekshiruvga ko‘ra,, Qarshi tumani Yangi Xonobod mahallasi sobiq raisi va uning o‘g‘li mahallaga o‘z ishlari bilan kelgan olti nafar fuqaroning pasport ma’lumotlaridan foydalangan.

Ular fuqarolarning imzolarini soxtalashtirib, onlayn savdo do‘konidan kredit evaziga turli maishiy texnikalar sotib olgani aytilmoqda.

187,4 mln so‘mlik zarar yetkazilgan

Tergovga qadar tekshiruvda maishiy texnikalar keyinchalik naqd pulga sotib yuborilgani aniqlangan. Natijada 187,4 mln so‘mlik kredit mablag‘lari o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborilgani qayd etildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining firibgarlik hamda hujjatlarni qalbakilashtirish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida ichki ishlar organlari tergovchisiga nisbatan ming dollar pora olish bilan bog‘liq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Shuningdek