Abdulla Abduqodirov Sardor Umurzakovga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi ma’lum qildi.
Abdulla Abduqodirov 1961-yil 19-fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1982-yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan bo‘lib, mehnat faoliyatini ilmiy yo‘nalishda boshlagan. Shu yilning may oyida Abduqodirov mazkur agentlikka rahbar tayinlangan edi.
Shuningdek, Taxirjon Baxodirovich Safarov prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Mazkur tayinlov munosabati bilan u prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Sardor Umurzakov Strategik rivojlanish agentligiga direktor bo‘lgan edi. Shu munosabat bilan u prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dilnozaxon Sobir qizi Kattaxonova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga rais etib tayinlangani haqida yozgan edik.