
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Toshkentning «Paxtakor» klubi yarim himoyachisi Akmal Mozgovoyning to‘yi 2026-yil 10-iyul kuni bo‘lib o‘tgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining rafiqasi nikoh oqshomi uchun tanlagan libos kuzatuvchilar tomonidan muhokamalar markazida bo‘lmoqda.


Futbolchining turmush o‘rtog‘i Madina kiyim biznesini yo‘lga qo‘ygan. Ularning to‘yi Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi.



Kelinlik libosini tayyorlagan salon ham juftlikni tabriklab, Akmal Mozgovoy va Madina to‘y uchun ularning xizmatini tanlaganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu ko‘ylak A-line (A-siluet) fasonida tikilgan. Bel qismi aniq ajratilgan bo‘lib, yubkasi pastga tomon kengayib boradi. Bu fason deyarli barcha qomat turlariga mos keladi va kelinning qomatini yanada nafis ko‘rsatadi.
Futbolchi haqida
Akmal Mozgovoy 1999-yil 2-aprelda Qarshi shahrida tug‘ilgan. Bo‘yi 1,80 metr bo‘lgan futbolchi markaziy yarim himoyachi sifatida to‘p tepadi. U 2026-yil fevralida BAAning «Baniyas» klubidan «Paxtakor»ga o‘tgan va 2027-yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayevning kelini nikoh uchun qanday libos tanlagani haqida yozgandi. Shuningdek, Fayzullayevning namanganlik kelin haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Nikoh kechasida Fayzullayev qaylig‘ini qanday o‘pgani ham muhokamalar markazida turibdi.
Liboslar borasida trendda Javohir Sindorov va Bibisora Assaubayevaning bir-biriga atalgan futbolka kiygani ham turibdi.