Belarusdagi o‘zbekistonlik ishchilarning maoshi 700 dollarga oshirildi

Belarusda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ish haqi oshirildi. Avval mehnat sharoitidan norozi bo‘lgan ishchilar ish beruvchi bilan yangi kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.
Yangi shartnoma imzolandi
Ishchilarning aytishicha, yangi shartnomaga ko‘ra ularning oylik maoshi $700 ni tashkil etadi. Shuningdek, ularga bepul yashash joyi va bepul tushlik taqdim etilishi belgilangan.
Muammo nimadan kelib chiqqandi
Avvalroq Belarusdagi bir guruh o‘zbekistonlik ishchilar ijtimoiy tarmoqlar orqali mehnat sharoitidan shikoyat qilgan edi. Ularning ta’kidlashicha, uy-joy va ovqat xarajatlari ushlab qolinishi oqibatida va’da qilingan $500 lik maoshdan qo‘llariga atigi $200 qolayotgan edi. Shu sabab ular O‘zbekistonga qaytarilishini so‘ragan.
Ishchilar yangi bayonot berdi
Hozirda migrantlar muammo bartaraf etilganini bildirib, ish beruvchi bilan yangi shartlar asosida kelishuvga erishilganini ma’lum qilmoqda. Shuningdek, ular avval tarqalgan videoning hozirgi vaziyatni aks ettirmasligini va uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish noo‘rin ekanini ta’kidladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident Belarusda ishlash va biznes yuritish bo‘yicha yangi tartibni belgilagani haqida yozgandi.