Belarusdagi vatandoshlar oyligi oshirildi, «Turon» metro bekatida tom qulab tushdi, Rossiya migrantlarga yana bir talab qo‘ydi — 16-iyul dayjesti

eʼlon qilindi
Kunning eng muhim mahalliy va xorij yangiliklari jamlandi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
O‘qishni ko‘chirish testlari bo‘yicha apellatsiya jarayoni boshlandi
Foto: Facebook / Sun’iy intellekt

Kirish imtihonlarining birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar natijalarini uch xil usulda tekshirishi mumkin.

Davomi…

Mustaqillik shoh ko‘chasida 31-iyulgacha harakat qisman cheklanadi
Foto: Videodan olindi

Mustaqillik shoh ko‘chasida 31-iyulgacha harakat qisman cheklanadi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida ta’mirlangan yo‘lning bir qismi transport qatnovi uchun ochilib, qarama-qarshi yo‘nalishda qurilish ishlari boshlanishi sababli vaqtinchalik cheklovlar joriy qilinadi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

Davomi…

VK, Max va Odnoklassniki ilovalari Google Play’dan olib tashlandi
VK, Max va Odnoklassniki ilovalari Google Play’dan olib tashlandi / Foto: AndroidInsider

VK, Max va Odnoklassniki ilovalari Google Play’dan olib tashlandi

VK, Max va Odnoklassniki ilovalari Google Play onlayn ilovalar do‘konidan olib tashlandi. Avval o‘rnatilgan ilovalar esa odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda.

Davomi…

O‘zbekistonda Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
O‘zbekistonda Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi / Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonda Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi

«Mahalla yettiligi»ni o‘qitish, mahallalardagi muammolar yuzasidan ilmiy yechimlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Davomi…

Фото: соцсети

«Turon» metro bekatida tom konstruksiyasi qulab tushdi, ikki kishi jarohatlandi

Toshkentdagi «Yer usti halqa» yo‘nalishining «Turon» metro bekatida tom konstruksiyasining bir qismi siljib tushdi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.

Davomi…

Foto: ABFF

Husanov Belarusga bordi. Bunga nima sabab

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 15-iyul kuni Belarussiya futbol federatsiyasi (ABFF) binosiga tashrif buyurdi.

Davomi…

Rossiyada migrantlar uchun yangi tartib: maxsus telefon va geolokatsiya nazorati joriy etiladi
Foto: TASS

Rossiyaga ishlashga borgan migrantlar telefon xarid qilishi shart bo‘ladi

Rossiyaga ishlash yoki uzoq muddat yashash uchun kelayotgan xorijliklar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus mobil telefon sotib olishi shart bo‘ladi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.

Davomi…

Belarusdagi o‘zbekistonlik ishchilarning maoshi 700 dollarga oshirildi
Belarusdagi o‘zbekistonlik ishchilarning maoshi 700 dollarga oshirildi / Foto: Videodan olindi

Belarusdagi o‘zbekistonlik ishchilarning maoshi 700 dollarga oshirildi

Belarusda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ish haqi oshirildi. Avval mehnat sharoitidan norozi bo‘lgan ishchilar ish beruvchi bilan yangi kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Davomi…

Eng namunali mahalla va eng orasta xonadon egalariga soliq imtiyozi beriladi
Eng namunali mahalla va eng orasta xonadon egalariga soliq imtiyozi beriladi / Foto: ChatGPT

Eng namunali mahalla va eng orasta xonadon egalariga soliq imtiyozi beriladi

Mahallalarda obodonlashtirish ishlarini rag‘batlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish uchun yangi tanlovlar hamda soliq imtiyozlari joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Davomi…

Shuningdek