

Kirish imtihonlarining birinchi kun natijalari e’lon qilindi
2026-yil 14-iyul kuni o‘tkazilgan davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari natijalari e’lon qilindi. Abituriyentlar natijalarini uch xil usulda tekshirishi mumkin.

Mustaqillik shoh ko‘chasida 31-iyulgacha harakat qisman cheklanadi
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mustaqillik shoh ko‘chasida ta’mirlangan yo‘lning bir qismi transport qatnovi uchun ochilib, qarama-qarshi yo‘nalishda qurilish ishlari boshlanishi sababli vaqtinchalik cheklovlar joriy qilinadi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar berdi.

VK, Max va Odnoklassniki ilovalari Google Play’dan olib tashlandi
VK, Max va Odnoklassniki ilovalari Google Play onlayn ilovalar do‘konidan olib tashlandi. Avval o‘rnatilgan ilovalar esa odatdagi tartibda ishlashda davom etmoqda.

O‘zbekistonda Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi
«Mahalla yettiligi»ni o‘qitish, mahallalardagi muammolar yuzasidan ilmiy yechimlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

«Turon» metro bekatida tom konstruksiyasi qulab tushdi, ikki kishi jarohatlandi
Toshkentdagi «Yer usti halqa» yo‘nalishining «Turon» metro bekatida tom konstruksiyasining bir qismi siljib tushdi. Bu haqda Toshkent metropoliteni xabar berdi.

Husanov Belarusga bordi. Bunga nima sabab
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanov 15-iyul kuni Belarussiya futbol federatsiyasi (ABFF) binosiga tashrif buyurdi.

Rossiyaga ishlashga borgan migrantlar telefon xarid qilishi shart bo‘ladi
Rossiyaga ishlash yoki uzoq muddat yashash uchun kelayotgan xorijliklar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus mobil telefon sotib olishi shart bo‘ladi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.

Belarusdagi o‘zbekistonlik ishchilarning maoshi 700 dollarga oshirildi
Belarusda ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining ish haqi oshirildi. Avval mehnat sharoitidan norozi bo‘lgan ishchilar ish beruvchi bilan yangi kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Eng namunali mahalla va eng orasta xonadon egalariga soliq imtiyozi beriladi
Mahallalarda obodonlashtirish ishlarini rag‘batlantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish uchun yangi tanlovlar hamda soliq imtiyozlari joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.