Gadjetlar

OnePlus arzon N6x smartfonini chiqarishga tayyorlanmoqda

Katta akkumulyator saqlanib qolishi mumkin
OnePlus arzon N6x smartfonini chiqarishga tayyorlanmoqda
Foto: OnePlus/amazon.in

OnePlus Hindiston bozori uchun yangi budjet smartfon OnePlus N6x modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Kompaniya qurilmaning Amazon India’dagi rasmiy sahifasini ochgan, biroq hozircha unda faqat «tez orada» degan yozuv bor.

N6x OnePlus N seriyasini davom ettiradi

Yangi smartfon iyun oxirida taqdim etilgan OnePlus N6 modelining davomchisi bo‘lishi kutilmoqda.

OnePlus N6 8000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 45 vattli tezkor quvvatlash, 6,75 dyuymli HD+ LCD ekran va 120 gerts yangilanish chastotasiga ega edi.

Katta akkumulyator saqlanib qolishi mumkin

Taxminlarga ko‘ra, OnePlus N6x modeli N6’dan ham arzonroq bo‘ladi.

Shu bilan birga, smartfon katta sig‘imli akkumulyator, HD+ ekran va 50 megapikselli asosiy kamerani saqlab qolishi mumkin.

Protsessor soddaroq bo‘lishi kutilmoqda

OnePlus N6 modeli MediaTek Dimensity 6360 Apex protsessori bilan chiqqan edi.

N6x esa undan pastroq unumdorlikka ega chip bilan jihozlanishi mumkin. Bu qurilma narxini arzonroq qilishga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OnePlus uzoq ishlash muddati va tezkor quvvatlash imkoniyatlariga ega yangi budjet smartfoni OnePlus N6’ni rasman taqdim etgandi.