O‘zbekistonda Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi

eʼlon qilindi
Institutda "yettilik" a’zolarini o‘qitiladi
O‘zbekistonda Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi / Foto: Prezident matbuot xizmati

«Mahalla yettiligi»ni o‘qitish, mahallalardagi muammolar yuzasidan ilmiy yechimlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Tashabbuskor loyihalar qo‘llab-quvvatlanadi

Prezident mahalla raislari ijtimoiy muammolarni hal qilish, tozalikni ta’minlash va aholi daromadini oshirishga xizmat qiladigan loyihalarda faol tashabbus ko‘rsatishi zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda «mahalla yettiligi»ga ana shunday loyihalarni amalga oshirish uchun 10 mln so‘mdan grant ajratilishi belgilandi. Agar mamlakatdagi 8992 ta mahallaning har birida bittadan loyiha amalga oshirilsa, hududlardagi muhit sezilarli darajada yaxshilanishi qayd etildi. Mazkur maqsadlar uchun jami 240 mlrd so‘m resurs shakllantiriladi.

Mahalla raisining vakolatlari kuchaytiriladi

Yig‘ilishda mahalla raisi o‘z hududining haqiqiy boshqaruvchisi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi. Buning uchun u hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliq xodimi va mahalla bankirining haftalik hamda oylik ish rejalarini tasdiqlaydi.

Shuningdek, mahalla raisi «yettilik» a’zolariga aniq vazifalar belgilab, ularning faoliyati yuzasidan muntazam nazorat va so‘rov olib boradi.

Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi

«Mahalla yettiligi» faoliyatini metodik qo‘llab-quvvatlash hamda hududlardagi muammolarni ilmiy yondashuv asosida hal etish maqsadida Mahallani rivojlantirish milliy instituti tashkil etiladi.

Institut «yettilik» a’zolarini o‘qitish, mahallalarda uchrayotgan dolzarb muammolar yuzasidan ilmiy yechimlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yig‘ilishda davlat rahbari ayrim mahallalarni tanqid ostiga olgan edi.

Shuningdek