Rossiyaga ishlashga borgan migrantlar telefon xarid qilishi shart bo‘ladi

eʼlon qilindi
Yangi tizim orqali ularning harakati va yashash manzili nazorat qilinadi
Rossiyada migrantlar uchun yangi tartib: maxsus telefon va geolokatsiya nazorati joriy etiladi
Foto: TASS

Rossiyaga ishlash yoki uzoq muddat yashash uchun kelayotgan xorijliklar ro‘yxatdan o‘tishda maxsus mobil telefon sotib olishi shart bo‘ladi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.

Yangi tizim orqali ularning harakati va yashash manzili nazorat qilinadi.

Elektron profil telefonga joylashtiriladi

Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubovning aytishicha, mamlakatga kelayotgan migrantlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida maxsus mobil telefon xarid qiladi. Unda xorijlikning elektron profili saqlanadi va davlat organlari uning qayerda ekani hamda yashash joyini kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.

Muhim ogohlantirishlar ham telefon orqali yuboriladi

Yangi tizim nazorat bilan birga migrantlarni hujjatlar muddati tugashi yoki davlat idoralariga murojaat qilish zarurati haqida o‘z vaqtida xabardor qilish imkonini ham beradi. Rasmiylar bu xorijliklarning muddatlarni bilmasdan o‘tkazib yuborishining oldini olishini ta’kidlamoqda.

«Amina» ilovasi sinovdan o‘tmoqda

2025-yil 1-sentabrdan Moskva viloyatida «Amina» mobil ilovasi sinov tariqasida ishga tushirilgan. Rossiyaga vizasiz kirgan voyaga yetgan migrantlar uchun undan foydalanish majburiy hisoblanadi. Ilova orqali Ichki ishlar vazirligi foydalanuvchilarning geolokatsiya ma’lumotlarini kuzatadi.

Geolokatsiya bo‘lmasa, ro‘yxatdan chiqariladi

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, agar migrantning geolokatsiya ma’lumotlari tizimga uch ish kunidan ortiq vaqt davomida uzatilmasa, u migratsiya ro‘yxatidan chiqariladi. Dekabr oyi o‘rtalariga qadar shu sabab bilan 139 mingdan ortiq xorijlikning migratsiya hisobi bekor qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyada mehnat migrantlarining oilalariga yangi talablar joriy etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek