18-iyul kuni O‘zbekistonni 48 darajagacha jazirama kutmoqda
eʼlon qilindi
18-iyul 20:00 gacha amal qiladi

18-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va anomal issiq ob-havo hukm suradi. Kunduz kuni +38…+48°C, kechasi esa +22…+32°C atrofidagi harorat kuzatiladi. Janubiy hududlarda havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilib, yozning eng jazirama kunlaridan biri kuzatilishi kutilmoqda.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloytlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat | Kechki harorat | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | +43…+45°C | +26…+28°C | Kutilmaydi |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | +40…+45°C | +25…+30°C | Kutilmaydi |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | +43…+48°C | +24…+29°C (cho‘l hududlarda +33…+35°C gacha) | Kutilmaydi |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | +40…+45°C | +22…+27°C (ba’zi joylarda +30°C gacha) | Kutilmaydi |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | +43…+48°C | +27…+32°C | Kutilmaydi |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | +38…+43°C | +23…+28°C | Kutilmaydi |
| Respublikaning tog‘li hududlari | +31…+36°C | +17…+22°C | Kutilmaydi |
Eslatib o‘tamiz, avvalroq anomal issiqda elektr iste’moli keskin oshgani sabab qisqa muddatli cheklovlar joriy etilgan edi.