Yangiliklar

18-iyul kuni O‘zbekistonni 48 darajagacha jazirama kutmoqda

18-iyul 20:00 gacha amal qiladi
18-iyul kuni O‘zbekistonni 48 darajagacha jazirama kutmoqda / Foto: Toshkent shahar hokimligi

18-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab quruq va anomal issiq ob-havo hukm suradi. Kunduz kuni +38…+48°C, kechasi esa +22…+32°C atrofidagi harorat kuzatiladi. Janubiy hududlarda havo harorati 48 darajagacha ko‘tarilib, yozning eng jazirama kunlaridan biri kuzatilishi kutilmoqda.

Quyida ob-havo ma’lumoti viloytlar kesimida:

HududKunduzgi haroratKechki haroratYog‘ingarchilik
Toshkent shahri+43…+45°C+26…+28°CKutilmaydi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati+40…+45°C+25…+30°CKutilmaydi
Buxoro va Navoiy viloyatlari+43…+48°C+24…+29°C (cho‘l hududlarda +33…+35°C gacha)Kutilmaydi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari+40…+45°C+22…+27°C (ba’zi joylarda +30°C gacha)Kutilmaydi
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari+43…+48°C+27…+32°CKutilmaydi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari+38…+43°C+23…+28°CKutilmaydi
Respublikaning tog‘li hududlari+31…+36°C+17…+22°CKutilmaydi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq anomal issiqda elektr iste’moli keskin oshgani sabab qisqa muddatli cheklovlar joriy etilgan edi.