
Chevrolet 2027-yilgi Tahoe va Suburban Premier komplektatsiyasi uchun ayrim opsiya va paketlar tartibini o‘zgartirdi. GM Authority’ga ko‘ra, endi ba’zi funksiyalar alohida tanlanadi, ayrimlari esa qo‘shimcha paketlar bilan birga buyurtma qilinadi.
Orqa o‘rindiq media tizimi alohida opsiya bo‘ladi
2027-yilgi Tahoe va Suburban Premier’da Rear Seat Media System endi alohida opsiya sifatida taklif etiladi.
Biroq uni tanlash uchun Sun and Tow Package hamda Advanced Technology Package paketlarini ham olish talab qilinadi. Avval ushbu tizim Technology and Entertainment Package tarkibida bo‘lgan.
Shuningdek, media tizim bilan birga beriladigan ikkita Bluetooth quloqchin endi komplektga kiritilmaydi.
Technology and Entertainment Package olib tashlandi

Premier komplektatsiyasida Technology and Entertainment Package endi buyurtma uchun mavjud bo‘lmaydi.
Bu paket 2027-yilgi modelda faqat High Country versiyasi uchun taklif etiladi.
Advanced Technology Package Premier uchun ham ochildi
Advanced Technology Package endi faqat LT va RST’da emas, Premier komplektatsiyasida ham mavjud bo‘ladi.
Ushbu paket tarkibiga Super Cruise, Rear Camera Mirror, Head-Up Display, AutoSense elektr bagaj eshigi va xavfsizlik sensorlari kiradi.
Qora detallarni alohida tanlash mumkin

Diler tomonidan o‘rnatiladigan qora nom belgilar endi alohida opsiya bo‘ladi.
Avval bu detalni olish uchun qo‘shimcha paketlarni tanlash kerak edi. Bu o‘zgarish qora dizayn elementlarini xohlaydigan xaridorlar uchun qulaylik yaratadi.
6,2 litrli V8 uchun talab soddalashdi
6,2 litrli V8 dvigatelini tanlash uchun endi faqat Sun and Tow Package talab qilinadi.
Avval ushbu dvigatelni olish uchun Technology and Entertainment Package, Max Trailering Package va Enhanced Trailer View kabi bir nechta paketlarni ham tanlash kerak edi.
3,0 litrli Duramax turbodizel dvigateli uchun ham xuddi shu talab amal qiladi.
2027-yilgi Chevy Tahoe va Suburban ishlab chiqarilishi sentabr oyida AQShning Texas shtatidagi GM Arlington zavodida boshlanishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Equinox EV savdosi to‘xtatilgandi. Kompaniya mamlakatga ushbu elektromobilning yangi partiyasini olib kirishni hozircha rejalashtirmayapti.
GM South America ma’lumotiga ko‘ra, Braziliyadagi Chevrolet Equinox EV avtomobillari to‘liq sotib bo‘lingan. Shundan so‘ng kompaniya modelning yangi partiyasini import qilmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa Equinox EV Braziliya bozoridan chiqarildi.