O‘zbekistonda pasport va ID-kartani yo‘qotganlik uchun jarima bekor qilinadi

O‘zbekistonda pasport, ID-karta yoki xorijga chiqish pasportini yo‘qotgan fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilmaydi. Bu haqda prezidentning 15-iyuldagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Buning o‘rniga yangi hujjatni rasmiylashtirishda qo‘shimcha davlat boji to‘lash tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Jarima o‘rniga davlat boji undiriladi
Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi pasport, ID-karta yoki biometrik xorijga chiqish pasporti yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda fuqarolarni ma’muriy javobgarlikka tortmaslik bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi
Yangi tartib bo‘yicha hujjatlar tayyorlanadi
Vazirliklar 2026-yil oktabriga qadar yangi tizimni joriy etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritishi lozim.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan endi ayrim xizmatlarda ID-kartaning asl nusxasi talab etilmasligi haqida yozgandi.