Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik ayol va uch farzandi vatanga qaytarildi

eʼlon qilindi
Ayol Rossiyada 15 yildan buyon yashab kelgan
Самолет Uzbekistan Airways
Rossiyada og‘ir ahvolga tushgan o‘zbekistonlik ayol va uch farzandi vatanga qaytarildi / Foto: Sardorbek Usmonov / Unsplash

Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandining vatanga qaytishiga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda «Dunyo» AA ma’lum qildi.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, konsullik bo‘limiga O‘zbekiston fuqarosi murojaat qilgan. U 15 yildan ortiq vaqt davomida Rossiyada qonuniy maqomsiz yashab kelgani, hujjatlari va moliyaviy imkoniyatlari yo‘qligi sababli farzandlari uchun munosib sharoit yarata olmayotganini bildirib, O‘zbekistonga qaytishda yordam so‘ragan.

Konsullik bo‘limi xodimlarining tezkor sa’y-harakatlari hamda Rossiyaning tegishli davlat idoralari bilan hamkorlik natijasida ayolning uch nafar farzandi uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, ularga konsullik yig‘imlari undirilmagan holda O‘zbekistonga qaytish guvohnomalari berildi.

Bundan tashqari, Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi ayol va uning uch nafar farzandini «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining Moskva – Urganch yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta bilan ta’minladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ota-onasi deportatsiya qilingan 6 yoshli bola Moskvada qolib ketgan edi.

Shuningdek