Tesla bolalar uchun Balance Bike velosipedini taqdim etdi

17-iyul 2026 17:13 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Tesla bolalar uchun Balance Bike velosipedini taqdim etdi
Foto: Tesla

Tesla o‘zining noodatiy mahsulotlari qatorini kengaytirib, 2–5 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan Balance Bike yugurish velosipedini sotuvga chiqardi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Yangilik xaridorlar tomonidan qisqa fursatda to‘liq sotib olindi.

Pedalsiz velosiped

Foto: Tesla

Balance Bike — bu pedalsiz velosiped bo‘lib, bola oyoqlari bilan yerdan itarilib harakatlanadi. Bunday transport vositasi bolalarda muvozanatni saqlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Yengil va sozlanadigan konstruksiya

Foto: Tesla

Tesla ma’lumotiga ko‘ra, velosiped magniy qotishmasidan tayyorlangan. U vazni 35 kilogrammgacha bo‘lgan 2–5 yoshli bolalar uchun mo‘ljallangan hamda o‘rindiq balandligi 5 xil holatda sozlanadi.

Narxi 225 dollar

Foto: Tesla

Balance Bike’ning narxi $225 etib belgilangan. Biroq mahsulot sotuv boshlangan zahoti tugab ketgan. Dastlabki buyurtmalarni yetkazib berish avgust oyi oxirida boshlanishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tesla avtomobillarida Grok orqali tabiiy ovozli boshqaruv paydo bo‘lishi haqida yozgandi.

Shuningdek