OTMga qabul kvotalari: qaysi yo‘nalishlarda grantlar oshdi

eʼlon qilindi
Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’lim shakliga 4 mingta qo‘shimcha davlat granti ajratiladi
OTMga qabul kvotalari: qaysi yo‘nalishlarda grantlar oshdi
Foto: Oliygoh.uz

O‘zbekistonda davlat oliy ta’lim muassasalariga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul kvotalari tasdiqlandi. Tegishli qaror Davlat komissiyasi tomonidan qabul qilindi.

Yangi qabul mavsumidagi asosiy o‘zgarishlardan biri axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlariga ajratiladigan davlat grantlari sonining 35 foizga ko‘paytirilgani bo‘ldi. Natijada IT va SI sohalarida o‘qishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun davlat granti asosidagi o‘rinlar soni oshadi.

Shuningdek, ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozli va qo‘shimcha kvotalar saqlab qolindi hamda kengaytirildi. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar, Ichki ishlar vazirligi, harbiy va bojxona organlari xodimlarining farzandlari, shuningdek, «Ijtimoiy reyestr»ga kiritilgan oilalar vakillari uchun qo‘shimcha grant o‘rinlari nazarda tutilgan.

Xotin-qizlar uchun kunduzgi ta’lim shakliga 4 mingta qo‘shimcha davlat granti ajratiladi. Kamida besh yillik mehnat stajiga ega ayollar uchun esa 2,5 mingta qo‘shimcha to‘lov-kontrakt o‘rni belgilanadi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlar, xorijda yashayotgan yosh vatandoshlar, shuningdek, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘uliston fuqarolari uchun ham alohida qabul kvotalari ajratiladi.

Bundan tashqari, maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli qabul o‘rinlari tasdiqlandi. Pedagoglar tayyorlashda dual va masofaviy ta’lim dasturlari bo‘yicha ham alohida qabul parametrlari belgilandi.

Avvalroq «Kursiv» 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’limga qabul parametrlari tasdiqlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek