8 ming dollar evaziga Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

eʼlon qilindi
Fuqaro tanishlari orqali ishga yuborishni va’da qilgan
6 ta viloyatda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar aniqlandi
Foto: depositphotos

Buxoro viloyatida fuqaroni Koreyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U jabrlanuvchidan kelishilgan $8 mingning $1 ming qismini olgani aniqlangan.

Fuqaro tanishlari orqali ishga yuborishni va’da qilgan

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahri bo‘limi tergovga qadar tekshiruv o‘tkazdi.

Tekshiruvda fuqaro Z.I. boshqa bir fuqaroning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uni Koreyaga ishga yuborishini aytgani aniqlangan.

$1 ming olgani aytilmoqda

Ma’lumotga ko‘ra, Z.I. ushbu xizmat evaziga $8 ming so‘ragan. U kelishilgan puldan $1 mingni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. Ushbu mablag‘ning $200 qismi qaytarilgani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryoda mahalla raisi fuqarolar nomiga kredit olgani aniqlangandi. Qashqadaryo viloyatida sobiq mahalla raisi va uning o‘g‘li olti nafar fuqaroning pasport ma’lumotlaridan foydalanib, ularning nomiga kredit rasmiylashtirgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Shuningdek