O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlari Chexiyada ishga joylashtiriladi

O‘zbekistonlik tibbiyot sohasi mutaxassislarini Chexiyaning davlat va xususiy klinikalarida ishga tayyorlash hamda yuqori malakali lavozimlarga joylashtirish bo‘yicha yangi loyiha yo‘lga qo‘yiladi. Jarayon joriy yil sentabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.
Migratsiya agentligi ma’lumotiga ko‘ra, Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning O‘zbekistonga tashrifi doirasida boshlangan muzokaralar amaliy bosqichga o‘tmoqda.
Bu borada Migratsiya agentligi rahbari Behzod Musayev, O‘zbekistonning Chexiyadagi elchixonasi vakillari va Chexiya sog‘liqni saqlash vaziri Adam Voytex o‘rtasida muzokara o‘tkazilgan.
Nomzodlar til va kasbga tayyorlanadi

Kelishuvga ko‘ra, o‘zbekistonlik nomzodlar Chexiyada ishlash uchun chех tiliga va kasbga tayyorlanadi.
Shuningdek, ular uchun dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, diplom va malakalarni tan olish jarayonlarini yengillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
Davlat va xususiy klinikalarda ish taklif etiladi
Loyiha doirasida tibbiyot mutaxassislari Chexiyaning davlat va xususiy klinikalariga ishga joylashtiriladi.
Bu o‘zbekistonlik shifokorlar va tibbiyot xodimlari uchun Yevropa mehnat bozorida qonuniy ishlash imkoniyatini kengaytiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadagi o‘zbekistonliklar yong‘inlar sabab ogohlantirilgandi. Xavfli hududlarda bo‘lgan fuqarolardan xavfsiz joyga ko‘chish va qutqaruv xizmatlari ko‘rsatmalariga amal qilish so‘raldi.