Rossiyadagi o‘zbekistonliklar yong‘inlar sabab ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Xavfli hududdan chiqish tavsiya qilindi
Yevropada o‘rmon yong‘inlari: minglab gektar maydon kulga aylandi
Foto: AP Photo

Migratsiya agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini ayrim hududlarda kuzatilayotgan yong‘inlar sabab ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Xavfli hududlarda bo‘lgan fuqarolardan xavfsiz joyga ko‘chish va qutqaruv xizmatlari ko‘rsatmalariga amal qilish so‘raldi.

Xavfli hududdan chiqish tavsiya qilindi

Agentlikka ko‘ra, so‘nggi kunlarda Rossiyaning ayrim hududlarida yong‘inlar kuzatilmoqda.

Shu bois xavfli hududda bo‘lgan fuqarolar zudlik bilan xavfsiz joyga ko‘chishi kerak. Shuningdek, mahalliy qutqaruv xizmatlari bergan ko‘rsatmalarga qat’iy amal qilish tavsiya etildi.

Jabrlanganlar vakolatxonaga murojaat qilishi mumkin

Agar yong‘in oqibatida O‘zbekiston fuqarolari jabrlangan yoki jarohat olgan bo‘lsa, Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishi so‘raldi.

Fuqarolar koll-markazga +7 499 230 00 32 va +7 499 230 00 76 raqamlari orqali bog‘lanishi mumkin.

Shuningdek, favqulodda holatlar bo‘yicha +7 925 045 47 44 ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyaning janubidagi nazoratdan chiqqan o‘rmon yong‘ini 10 mingdan ortiq odamlarning evakuatsiya qilinishiga sabab bo‘lgandi. Fransiyaning Ispaniya bilan chegaradosh janubiy hududlarida davom etayotgan yirik o‘rmon yong‘ini tufayli 24 ta kichik shahar va qishloqdan 10 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi.

Shuningdek