
Vivo kompaniyasi Xitoyda yangi budjet smartfoni Vivo Y6c 4G modelini sotuvga chiqardi. Qurilma 6500 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 120 gertsli ekran, IP65 himoya darajasi va 3,5 mm quloqchin portiga ega.
Narxi 130 dollar atrofida
IT Home nashriga ko‘ra, Vivo Y6c 4G hozircha bitta versiyada sotuvga chiqarildi. Smartfon 4 GB tezkor xotira va 128 GB ichki xotira bilan taklif qilinmoqda.
Uning Xitoydagi narxi 899 yuan, ya’ni taxminan $130 ni tashkil etadi.
Batareyasi 6500 mA/soat
Smartfonning asosiy jihatlaridan biri katta akkumulyatori. Vivo Y6c 4G 6500 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan.
Qurilma 15 vattli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi.
Ekran 120 gertsli
Model 6,74 dyuymli LCD displeyga ega. Ekran aniqligi 1600×720 piksel bo‘lib, yangilanish chastotasi 120 gertsni tashkil qiladi.
Maksimal yorqinlik 1200 nitgacha yetadi.
Kamera va boshqa imkoniyatlar
Vivo Y6c 4G Unisoc T7225 protsessorida ishlaydi va 4G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Smartfonda 8 megapikselli asosiy kamera, 5 megapikselli old kamera, yon tomonda barmoq izi skaneri, 3,5 mm quloqchin porti hamda maishiy texnikani boshqarish uchun infraqizil port mavjud.
Chang va suvdan himoyalangan
Qurilma IP65 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan. Smartfon korpusi 8,39 mm qalinlikka ega, vazni esa 209 grammni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vivo yangi budjet smartfoni Vivo T5 Lite 44W 5G modelini namoyish qilgandi. Gizmochinaga ko‘ra, qurilma katta akkumulyator, 120 gertsli ekran, IP65 himoya darajasi va MIL-STD-810H harbiy standarti bo‘yicha mustahkam korpusga ega.