Abduqodir Husanov JCh – 2026’ning eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi

20-iyul 2026 16:35 eʼlon qilindi

(21-iyul 2026 00:25 yangilandi)
Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Abduqodir Husanov JCh-2026’ning eng tezkor futbolchilari qatoridan joy oldi
Foto: UFA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov JCh – 2026 davomida qayd etilgan eng yuqori tezliklar reytingida 6-o‘rinni egalladi. Bu haqda FIFA taqdim etgan rasmiy statistikada ma’lum qilindi.

U mundial bahslarida 36,46 km/soat tezlikka erishib, musobaqaning eng chaqqon futbolchilari qatoridan joy oldi.

Himoyachilar orasida kuchli uchlikda

Husanov umumiy reytingda oltinchi pog‘onani band etgan bo‘lsa, himoyachilar orasida 3-o‘rinni egalladi. Bu natija o‘zbekistonlik futbolchining yuqori jismoniy tayyorgarligi va tezkorligini yana bir bor tasdiqladi.

Mbappe reyting peshqadami bo‘ldi

Foto: Getty Images

JCh – 2026’ning eng tezkor futbolchisi Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bo‘ldi. U turnir davomida 37,61 km/soat tezlikni qayd etgan. Kuchli beshlikdan, shuningdek, Antoni Elanga, Miki van de Ven, Jordan Bos va Erling Holand ham joy oldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abbosbek Fayzullayev ham JCh – 2026’ning eng tezkor futbolchilari qatoriga kirgani haqida yozgandi.

Shuningdek