Asal oyi kutadi: Abbosbek Fayzullayev yana maydonga qaytdi — foto

20-iyul 2026 07:48 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Asal oyi kutadi: Abbosbek Fayzullayev yana maydonga qaytdi
Foto: Instagram/ Fayzullayev

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev oila qurganidan ko‘p o‘tmay mashg‘ulotlarni qayta boshladi. Bu haqda Instagramdagi @jaxacoach akkounti ma’lum qildi.

U maxsus konuslar va mashg‘ulot ustunlari yordamida tezlik, to‘p nazorati, chaqqonlik hamda harakatlarni muvofiqlashtirish ustida ishlagan. Futbolchining qisqa tanaffusdan keyin jismoniy holatini tiklash va yangi mavsumga tayyorlanishga kirishgan.

Foto: Instagram/ @jaxacoach
Foto: Instagram/ @jaxacoach

Fayzullayevning to‘ydan ko‘p o‘tmay mashg‘ulotlarga qaytishi muxlislar e’tiborini tortdi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining bir qismi uning professionalligi va intizomini yuqori baholagan bo‘lsa, ayrimlar yosh futbolchiga oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazishni tavsiya qilmoqda.

Foto: Instagram/ @jaxacoach
Foto: Instagram/ @jaxacoach

23 yoshli futbolchi «Paxtakor» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2023-yilda Moskvaning «SSKA» klubiga o‘tib, Rossiya jamoasi safida barcha musobaqalarda 72 ta uchrashuvda sakkizta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fayzullayev 2025-yil yozida «Istanbul Bashakshehir» bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan.

Endilikda yarim himoyachi yangi mavsum oldidan sport formasini tiklashga kirishgan. To‘ydan so‘ng mashg‘ulotlarni tezda boshlagani uning klub va terma jamoadagi navbatdagi uchrashuvlarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini ko‘rsatmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Fayzullayev to‘yda qaylig‘ini qanday o‘pgani haqida yozgan edi.

Shuningdek