Hafta davomida issiq pasayadi, ayrim hududlarda yomg‘ir bo‘ladi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
20 – 24-iyul kunlari
26-may kuni o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda
Foto: Hafiza Muxtorova / SI

O‘zbekistonda o‘tgan hafta kuzatilgan anomal issiqdan so‘ng havo harorati pasaya boshlaydi. 20 – 24-iyul kunlari mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchilik asosan kutilmaydi, faqat ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

20 – 24-iyul kunlari ob-havo qanday bo‘ladi

Hudud20-iyul21-iyul22 – 24-iyul
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati34–39°30–35°30–37°
Buxoro va Navoiy viloyatlari40–45°33–38°32–37°
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari40–45°33–38°30–37°
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari43–48°38–43°34–40°
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari40–45°34–39°30–37°
Toshkent shahri41–43°36–38°31–37°

Ayrim joylarda yomg‘ir bo‘lishi mumkin

20 – 24-iyul kunlari O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi.

Yog‘ingarchilik asosan kutilmaydi. Faqat 21-iyul kuni Qoraqalpog‘istonda, 22-iyul kuni esa Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Tog‘li hududlarda ham vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq ehtimoli bor.

Shamol kuchayishi mumkin

20 – 22-iyul kunlari respublikaning ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi.

Ayrim hududlarda shamol 20–22 metr/soniyagacha yetishi mumkin.

Toshkentda harorat 31–34 darajagacha pasayadi

Toshkentda havo biroz bulutli va vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Bugun kunduzi harorat 41–43 daraja bo‘ladi. 21-iyul kuni kechasi 25–27 daraja, kunduzi 36–38 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 22–24-iyul kunlari esa havo kechasi 20–23 darajagacha, kunduzi 31–34 darajagacha pasayadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 21 – 24-iyul kunlari tog‘li hududlarda sel xavfi e’lon qilingandi. Aholi, dam oluvchilar va haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek