Google Maps parvozlar va bronlarni avtomatik ko‘rsatishi mumkin

21-iyul 2026 21:19 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Google Maps’da fotosurat va videolarni ulashish osonlashdi
Google Maps parvozlar va bronlarni avtomatik ko‘rsatishi mumkin / Foto: Android Plocie

Google Maps’ga qo‘shilishi kutilayotgan yangi funksiya foydalanuvchilarga parvozlar, mehmonxona va restoran bronlari haqidagi ma’lumotlarni ilovaning o‘zida ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Android Authority nashri ma’lum qildi.

Yangi imkoniyatlar beta-versiyada

Google Maps’ning 26.30.00.950492155 raqamli beta-versiyasini tahlil qilish jarayonida Personal Intelligence funksiyasiga oid yangi kod satrlari aniqlagan.

Ularga ko‘ra, Google Maps Gmail, Google Photos va boshqa bog‘langan Google xizmatlaridagi ma’lumotlardan foydalanib, foydalanuvchiga moslashtirilgan tavsiyalarni taqdim etishi mumkin.

Parvozlar va bronlar endi Maps’da avtomatik ko‘rinadi

Yangi funksiya orqali Google Maps foydalanuvchining aviachiptalari, mehmonxona va restoran bronlari hamda boshqa tegishli ma’lumotlarni bog‘langan Google ilovalaridan avtomatik olib ko‘rsatishi kutilmoqda.

Google ta’kidlashicha, foydalanuvchilar ushbu ulanishlarni istalgan vaqtda boshqarishi yoki o‘chirib qo‘yishi mumkin.

Ask Maps yanada aqlliroq bo‘lishi mumkin

Yangi integratsiya Gemini asosidagi Ask Maps funksiyasini sezilarli darajada takomillashtiradi. Natijada xizmat umumiy tavsiyalar bilan cheklanmay, foydalanuvchining safar rejalari, bronlari, saqlangan manzillari va hatto Google Photos’dagi suratlari asosida shaxsiy tavsiyalar bera oladi.

Hozirda Personal Intelligence funksiyasi Contacts, Google Photos, Google Workspace (Gmail, Drive va Calendar), Search Services hamda YouTube xizmatlarida qo‘llab-quvvatlanadi. Google Maps ham ushbu ro‘yxatga qo‘shilishi kutilmoqda.

Yangi sozlamalar hali ishga tushmagan

Google Maps’da «Connected Content Apps» va «Personalization» nomli yangi bo‘limlar ham aniqlangan. Biroq ular hozircha ishlamayapti va ochilganda faqat yuklanish oynasi ko‘rinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq VK, Max va Odnoklassniki ilovalari Google Play’dan olib tashlangani haqida yozgan edik.

Shuningdek