«Moviy gumbaz» kafesidagi ruxsatsiz ta’mirlash ishlari to‘xtatildi

eʼlon qilindi
Madaniy meros agentligi mas’ullari 20-iyul kuni soat 22:00 lar atrofida voqea joyiga chiqqan
«Moviy gumbaz» kafesidagi ruxsatsiz ta’mirlash ishlari to‘xtatildi
Foto: Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligi Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi «Moviy gumbaz» kafesida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi. O‘rganish davomida obyekt tom qismida vakolatli organ bilan kelishilmagan holda ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotgani aniqlanib, ishlar zudlik bilan to‘xtatilgan.

Obyekt davlat muhofazasiga olingan

«Moviy gumbaz» kafesi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi qarori bilan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritilgan.

Obyekt ro‘yxatda 308-tartib raqami bilan qayd etilgan bo‘lib, modernizm me’morchiligi namunasi sifatida davlat muhofazasiga olingan.

Agentlik joyiga chiqib o‘rganish o‘tkazdi

Ijtimoiy tarmoqlarda kafeda noqonuniy ta’mirlash ishlari olib borilayotgani haqida xabarlar tarqalgach, Madaniy meros agentligi mas’ullari 20-iyul kuni soat 22:00 lar atrofida voqea joyiga chiqqan.

O‘rganish davomida obyektning tom qismida belgilangan tartibda kelishilmagan ta’mirlash ishlari olib borilayotgani aniqlangan.

Mas’ullarga tushuntirish berildi

Agentlik vakillari obyekt mas’ullariga madaniy meros obyektlarida har qanday ta’mirlash, rekonstruksiya yoki qurilish ishlari faqat vakolatli organ ruxsati va belgilangan kelishuvlar asosida amalga oshirilishi kerakligini tushuntirgan. Shuningdek, qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan.

Madaniy meros agentligi davlat muhofazasiga olingan obyektlarning asliyatini saqlash, ularni noqonuniy o‘zgartirish va shikastlanishining oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlarini davom ettirishini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning madaniy merosi dunyoning nufuzli muzeylarida namoyish etilishi ma’lum qilingandi.

Shuningdek