Toshkent metrosiga yana uchta yangi poyezd olib kelindi

eʼlon qilindi
Toshkent metrosidagi zamonaviy harakat tarkiblari soni 47 taga yetdi
Toshkent metrosiga yana uchta yangi poyezd olib kelindi
Foto: Toshkent metropoliteni

20-iyul kuni Toshkent metropoliteniga zamonaviy rusumdagi yana uchta yangi poyezd olib kelindi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» xabar berdi.

Bundan avval, 12-iyul kuni ham metropoliten parkiga uchta yangi harakat tarkibi yetkazib berilgan edi. Joriy yilda xarid qilingan poyezdlar hisobiga Toshkent metrosidagi zamonaviy harakat tarkiblari soni 47 taga yetdi.

Rejaga ko‘ra, 2026-yil sentabr oyiga qadar yana sakkizta to‘rt vagonli harakat tarkibi xarid qilinadi. Yangi poyezdlar yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli xizmat ko‘rsatish, bekatlardagi kutish vaqtini kamaytirish hamda qatnovlar oralig‘ini qisqartirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, yangi tarkiblarni bosqichma-bosqich olib kelish orqali Toshkent metropolitenining vagon parkini to‘liq yangilash maqsad qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Toshkent metrosining ish vaqti 2,5 soatga qisqartirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek