Tramp Kanadaning ayrim mahsulotlariga 50 foizlik boj joriy etdi

eʼlon qilindi
Yangi tariflar Kanadaning AQSh mahsulotlariga nisbatan «kamsituvchi savdo siyosati»ga javob sifatida qabul qilingan
Tramp memkoini millionga yaqin investorni zarar ko‘rishga olib keldi
Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadadan import qilinadigan ayrim mahsulotlarga 50 foizlik boj joriy etdi. Bu haqda Oq uy ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi tariflar Kanadaning AQSh mahsulotlariga nisbatan «kamsituvchi savdo siyosati»ga javob sifatida qabul qilingan.

Qaysi mahsulotlarga ta’sir qiladi

Yangi bojlar vino, xokkey tayoqchalari, sement va boshqa qator mahsulotlarni qamrab oladi. Biroq energiya resurslari, kaliyli o‘g‘itlar, baliq hamda muhim minerallar ushbu cheklovlardan mustasno etilgan.

Oq uy qarorni qanday izohladi

Oq uyga ko‘ra, mazkur chora AQSh avtomobillari, alkogol va sut mahsulotlari uchun Kanada bozorida teng raqobat sharoitini yaratishga qaratilgan. Tramp ma’muriyati Kanadani AQSh mahsulotlariga nisbatan adolatsiz savdo amaliyotini qo‘llayotganlikda aybladi.

Savdo hajmi milliardlab dollarni tashkil etadi

Kanada AQShning ikkinchi yirik savdo hamkori hisoblanadi. O‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $716 milliardni tashkil etgan.

Munosabatlar keskinlashishi mumkin

AQSh rasmiylariga ko‘ra, Tramp ma’muriyatining savdo siyosatiga javob choralarini ko‘rgan kam sonli davlatlardan biri Kanada bo‘lgan. Yangi bojlar esa ikki davlat o‘rtasidagi savdo ziddiyatini yanada kuchaytirishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh va Eronga 10 kunlik sulh taklif qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek