Uch oyda natija qilmagan bank rahbarlari lavozimidan ketadi

eʼlon qilindi
Hokimlar mazkur mahallalarda elektr energiyasi, gaz, yo‘l va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga shaxsan javobgar bo‘ladi
Uch oyda natija qilmagan bank rahbarlari lavozimidan ketadi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Kelgusi uch oyda natija qilmagan bank rahbarlari lavozimidan ketadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida hudud va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha birinchi yarim yillik tahlili hamda yil yakuniga qadar ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Davlat rahbari banklarning mahallalardagi faoliyatidan mutlaqo norozi ekanini bildirib, Markaziy bankning hududiy rahbarlari va davlat banklari filiallari boshliqlari ishini keskin tanqid qildi. Viloyat va tuman banklari hamda mahalla uyushmalari uchun joriy yil sinov va amaliy attestatsiya yili bo‘lishi belgilandi.

Mamlakatdagi 2 mingta eng og‘ir mahallada «Dolzarb 40 kunlik» doirasida ishlar mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etilmoqda. Ushbu hududlarda hokim, mahalla raisi va bandlik bo‘limi o‘rtasidagi uch tomonlama shartnomalar qayta ko‘rib chiqildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Endilikda hokimlar mazkur mahallalarda elektr energiyasi, gaz, yo‘l va ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga shaxsan javobgar bo‘ladi. Bandlik tizimi mutasaddilari esa ehtiyojmand aholini kasbga o‘qitish, ishga joylashtirish va daromadini oshirish uchun hududma-hudud yurib ishlaydi.

Mahalla tizimi rahbarlariga mamlakatdagi 8 992 ta mahallada ko‘chalar va uylarni obodonlashtirish, daraxt hamda ko‘chat ekish, ariqlarni toza saqlash bo‘yicha aniq majburiyatlar yuklatildi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi banklarni tashkil qilish va litsenziyalash tartibi joriy etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek