Yo‘l qurilishida laboratoriya sinovlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi

eʼlon qilindi
Yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari sifati ustidan pudrat tashkiloti doimiy laboratoriya nazoratini ta’minlashi shart
Yo‘l qurilishida laboratoriya sinovlarini o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Foto: stat.uz

Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlashda laboratoriya sinovlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Sifat nazorati majburiy bo‘ladi

Nizomga ko‘ra, yo‘l qurilishi va ta’mirlash ishlari sifati ustidan pudrat tashkiloti doimiy laboratoriya nazoratini ta’minlashi shart. Agar pudratchining o‘z laboratoriyasi bo‘lmasa, u shartnoma asosida akkreditatsiyadan o‘tgan sinov laboratoriyasini jalb qiladi.

Buyurtmachi mustaqil laboratoriyani tanlaydi

Buyurtmachi bajarilgan ishlarning hajmi va sifatini tekshirish uchun faqat akkreditatsiyadan o‘tgan, davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik asosida tanlangan mustaqil sinov laboratoriyasini jalb etadi.

Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilmaydi

Yangi tartibga muvofiq, buyurtmachiga pudratchining o‘z laboratoriyasi yoki u jalb qilgan laboratoriyani tekshiruv uchun tanlash taqiqlanadi. Bu yo‘l qurilishida sifat nazoratining xolis va shaffof amalga oshirilishini ta’minlashga qaratilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan noqonuniy qurilish uchun jarimalarning 10 foizi mahallalar budjetiga yo‘naltirilishi haqida yozgandi.

Shuningdek