Apple qurilmalarni ijaraga berish xizmatini ishga tushiradi

eʼlon qilindi
Yangi dastur 28-iyuldan boshlanadi
Apple увеличила поставки Mac на 9% и укрепила позиции на мировом рынке ПК
Foto: Al Arabiya

Apple AQShda 28-iyuldan Apple Upgrade nomli yangi qurilmalarni ijaraga berish (lease-to-own) dasturini yo‘lga qo‘yadi. Bloomberg xabariga ko‘ra, loyiha xaridorlarga qurilmalarni oylik to‘lov asosida xarid qilish imkonini beradi.

iPhone, Mac va iPad dasturga kiritiladi

Dastur Klarna moliyaviy texnologiyalar kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlaydi. Unga iPhone, iPad, Mac va Apple Watch’ning aksariyat zamonaviy modellari kiritiladi. Foydalanuvchilar ijara muddati davomida har oy to‘lov qiladi hamda muddat yakunida qurilmani sotib olish, yangi modelga almashtirish yoki o‘zida qoldirish imkoniga ega bo‘ladi.

Ba’zi modellar dasturdan chetda qoladi

Apple Watch SE, boshlang‘ich darajadagi iPad, iPhone 16 va MacBook Neo modellari yangi dasturga kiritilmaydi. Shuningdek, korporativ va ta’lim muassasalari uchun xaridlar ham ushbu taklifdan foydalana olmaydi.

Eski moliyalashtirish dasturlari to‘xtatiladi

Kompaniya yangi xizmatni amaldagi bo‘lib to‘lash dasturlariga nisbatan arzonroq oylik to‘lovlar bilan taklif etishni rejalashtirmoqda. Shu sababli Apple mavjud iPhone Upgrade Program va standart bo‘lib to‘lash dasturlariga yangi mijozlarni qabul qilishni to‘xtatadi.

Rasmiy tasdiq berilmadi

Bloomberg qayd etishicha, Apple yangi tizim orqali qurilmalarni bir yo‘la sotib olish o‘rniga oylik to‘lov modelini ommalashtirishni maqsad qilgan. Biroq Apple va Klarna hozircha ushbu ma’lumotlarga rasmiy izoh bermagan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan iPhone 20 Pro Max qanday ekranda chiqishi haqida yozgandi.

Shuningdek