Malayziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziyaning O‘zbekistonga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Rafeda binti Abdul Azizning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Savdo va investitsiya loyihalari muhokama qilindi
Uchrashuvda O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tomonlar so‘nggi yillarda oliy darajadagi muloqotlar tufayli ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish hamda turli sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi elchiga muvaffaqiyat tilandi

Baxtiyor Saidov elchi Rafeda binti Abdul Azizga O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilab, uning faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Avvalroq «Kursiv» nashri Qozog‘iston O‘zbekistonga yangi elchi tayinlagani haqida yozgandi.