Trampdan yangi tahdid, suv sanoati uchun 20 mln dollar grant — 22-iyul kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Telegram 1 mlrd foydalanuvchiga Gram hamyonini ochadi
Trampdan yangi tahdid, suv sanoati uchun 20 mln dollar grant — 22-iyul kuni e’lon qilingan yangiliklar
Foto: MTRK

Trampdan yangi tahdid, suv sanoati uchun 20 mln dollar grant — 22-iyul kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Markaziy Osiyoda suv sanoati uchun 20 mln dollar grant ajratiladi

Markaziy Osiyoda suv sanoati uchun 20 mln dollar grant ajratiladi
Foto: Pexels

Jahon banki Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv resurslarini boshqarishni yaxshilash uchun $20 mln miqdoridagi grant ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Bankning Ijrochi direktorlar kengashi 21-iyul kuni mintaqada suv hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihani ma’qulladi. Uning amalga oshirilishi natijasida Markaziy Osiyodagi qariyb 40 mln kishi bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo‘lishi kutilmoqda.

Fransiyada 15 yoshgacha bo‘lganlarga ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi

Foto: Getty Images

Fransiya Yevropada 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni rasman cheklagan ilk davlatga aylandi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Mamlakat parlamenti yangi qonunni 279 ovoz bilan ma’qulladi, 81 deputat esa unga qarshi ovoz berdi.

Tramp Eronning yadro obyektlariga zarba berish bilan tahdid qildi

Tramp Eronning yadro obyektlariga zarba berish bilan tahdid qildi
Foto: Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturini qayta tiklashga uringan har qanday obyektga kuchli harbiy zarba berilishini ma’lum qildi. U bu haqda Oq uyda Livan prezidenti Jozef Aun bilan uchrashuv vaqtida jurnalistlarga gapirdi.

Trampning ta’kidlashicha, Vashington Eronning yadro faoliyati bilan bog‘liq deb hisoblagan har qanday hududni nishonga olishga tayyor. AQSh prezidenti Tehron yadro quroliga ega bo‘lish imkoniyatiga ega emasligini va Amerika harbiy operatsiyalari Eronning tegishli infratuzilmasini jiddiy zaiflashtirganini da’vo qildi. Bu bayonotlarning mustaqil tasdig‘i keltirilmagan.

«O‘zbekneftgaz», Enter Engineering va Eriell sobiq rahbarlari 10 yilga qamalishi mumkin

«O‘zbekneftgaz», Enter Engineering va Eriell sobiq rahbarlari 10 yilga qamalishi mumkin
Foto: «O‘zbekneftgaz»

«O‘zbekneftgaz» sobiq rahbari Bahodir Sidiqov va yana sakkiz kishiga nisbatan yuritilgan jinoyat ishi Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudiga kelib tushdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiriga Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ma’lum qildi.

Sudlanuvchilar orasida «O‘zbekneftgaz» sobiq rahbari Bahodir Sidiqov, kompaniya sobiq boshqaruv raisi o‘rinbosari Baxtiyor Anarqulov, Eriell Management direktori Nodirjon Boboyev, Enter Engineering rahbari Ulug‘bek Usmonov va yana besh kishi bor.

Shomurodov va Fayzullayev UEFA turnirida yurishini boshlaydi

Shomurodov va Fayzullayev Yevropa yurishini boshlaydi
Foto: Getty Images

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev to‘p surayotgan «Istanbul Bashakshehir» yangi mavsumdagi ilk rasmiy uchrashuvini UEFA Konferensiyalar ligasida o‘tkazadi. Turkiya klubi musobaqaning ikkinchi saralash bosqichida Finlyandiyaning Turku shahri sharafini himoya qiluvchi «Inter» jamoasini qabul qiladi.

Uchrashuv 22-iyul kuni «Bashakshehir Fotih Terim» stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 22:45 da boshlanadi. Bahsni ispaniyalik hakam Xuan Martines Munuera boshqaradi. Ushbu o‘yin Shomurodov va Fayzullayev uchun 2026-yilgi jahon chempionatidan keyingi ilk rasmiy klub uchrashuvi bo‘lishi mumkin.

«Muruntov» konida «BelAZ» pikapni bosib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi

«Muruntov» konida BelAZ pikapni bosib ketdi, ikki kishi halok bo‘ldi
Foto: Telegram

Navoiy kon-metallurgiya kombinati «Muruntov» koni hududida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lum qilinishicha, 21-iyul kuni avtoag‘dargich va xizmat avtomashinasi ishtirokidagi hodisa oqibatida ikki nafar ishchi-xodim vafot etgan.

NKMK matbuot xizmatiga ko‘ra, hodisa 21-iyul kuni soat 05:30 lar atrofida «Muruntov» koni hududida yuz bergan.

O‘zbekistonda «Madaniy loyihalar milliy operatori» tuziladi

O‘zbekistonda «Madaniy loyihalar milliy operatori» tuziladi
Foto: Aura.uz/ Kontent tayyorlash markazi

O‘zbekistonda xalqaro va respublika miqyosidagi madaniy tadbirlarni tashkil qilish bilan shug‘ullanuvchi «Madaniy loyihalar milliy operatori» davlat muassasasi tashkil etiladi. Bu prezidentning tegishli qarorida belgilandi.

Yangi muassasa Madaniyat vazirligi huzuridagi «Xalqaro festivallar direksiyasi» negizida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi huzurida tuziladi. Milliy operator xalqaro va respublika darajasidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish hamda ularni o‘tkazish bo‘yicha asosiy ijrochi tuzilma vazifasini bajaradi.

Qozog‘iston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi

Qozog‘iston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi
Foto: baq.kz

Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Yerali To‘g‘janovni mamlakatning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Prezidentning tegishli farmoni bilan Qozog‘istonning O‘zbekistondagi avvalgi elchisi Beybut Atamqulov lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rnini egallagan Yerali To‘g‘janov bungacha Qozog‘iston hukumati va hududiy boshqaruv tizimida turli yuqori lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Erbil shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochiladi

Erbil shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochiladi
Foto: «Dunyo» AA

Iroq Kurdistoni markazi Erbil shahrida O‘zbekiston savdo uyini ochish masalasi muhokama qilindi. «Dunyo» axborot agentligiga ko‘ra, yangi savdo markazi o‘zbek mahsulotlarini namoyish etish va sotishga xizmat qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Erbil shahri Savdo-sanoat palatasiga xizmat safari bilan bordi.

Telegram 1 mlrd foydalanuvchiga Gram hamyonini ochadi

Telegram 1 mlrd foydalanuvchiga Gram hamyonini ochadi
Foto: Getty Images

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjerga Gram nomli kriptohamyon o‘rnatilishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi xizmat shu yozning o‘zida Telegram’ning barcha ilovalarida ishga tushiriladi va undan messenjerning 1 mlrddan ortiq foydalanuvchisi foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Gram orqali kriptovalyutalarni bir zumda va komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati yaratilishi kutilmoqda. Durov ushbu loyiha tarixdagi eng yirik nokastodial kriptohamyon joriy etilishi bo‘lishini ta’kidladi.

Toshkent – Samarqand o‘rtasida 150 km/soat tezlikdagi yangi magistral qurilishi boshlandi

Toshkent–Samarqand o‘rtasida 150 km/soat tezlikdagi yangi magistral qurilishi boshlandi
Foto: Toshkent viloyatida avtomobil transporti xizmatlari

Shavkat Mirziyoyev Toshkent – Samarqand yo‘nalishidagi yangi avtomobil yo‘li qurilishini mamlakat transport infratuzilmasini rivojlantirishdagi navbatdagi ulkan tarixiy qadam deb atadi. Davlat rahbari ishtirokida loyihaga tamal toshi qo‘yilib, qurilish rasman boshlandi.

Qiymati qariyb $2,2 milliard bo‘lgan loyiha doirasida uzunligi 282 kilometr bo‘lgan olti polosali avtomagistral quriladi. Unda 92 ta ko‘prik, 28 ta yo‘l o‘tkazgich va 60 ta tunnel tipidagi o‘tish joyi bunyod etilishi rejalashtirilgan. Yo‘l og‘ir yuk transporti uchun mo‘ljallangan monolit beton qoplama bilan quriladi hamda ayrim uchastkalarda avtomobillar soatiga 150 kilometr tezlikda harakatlana oladi.

Shuningdek