Venesuelada xantavirusdan uch kishi vafot etdi

eʼlon qilindi
Barinas shtatida ikki nafar tibbiyot xodimining o‘limi bo‘yicha tekshiruv davom etmoqda
Xantavirus nima va uning belgilari qanday
Foto: CNN

Venesuelaning Ansoategi shtatida xantavirus bilan kasallangani tasdiqlangan uch kishi vafot etdi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, virus asosan qishloq xo‘jaligi hududlarida kemiruvchilar orqali yuqadi, deya xabar berdi Reuters.

Venesuela Sog‘liqni saqlash vazirligi seshanba kuni Ansoategi shtatida xantavirus bilan bog‘liq uchta o‘lim holati qayd etilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Barinas shtatida ikki nafar tibbiyot xodimining o‘limi bo‘yicha tekshiruv davom etayotgani bildirildi. Vazirlikka ko‘ra, bu holatlar Ansoategidagi kasallanishlar bilan bog‘liq emas va aholining salomatligi uchun keng xavf tug‘dirmaydi.

Virus kemiruvchilar orqali yuqadi

Vazirlik bayonotida xantavirus qishloq va qishloq xo‘jaligi hududlarida kemiruvchilar orqali tarqalishi aytilgan.

Virus asosan yopiq joylarda kemiruvchilarning siydigi, najasi yoki so‘lagi zarralarini nafas orqali yutish natijasida yuqishi mumkin.

Odamdan odamga yuqishi tasdiqlanmagan

Venesuela Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda ushbu virusning odamdan odamga yuqishi bo‘yicha ilmiy dalil yo‘qligini bildirdi.

AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari esa o‘tgan oy kruiz kemasi bilan bog‘liq xantavirus o‘chog‘iga javob choralarini yakunlaganini ma’lum qilgan. O‘sha holatda virus uch kishining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Andes virusi istisno sifatida tilga olindi

Ma’lumotga ko‘ra, Andes virusi xantaviruslar ichida yaqin va uzoq davom etgan aloqa orqali odamdan odamga yuqishi mumkin bo‘lgan yagona turi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida xantavirusning uchta tasdiqlangan va yana oltita ehtimoliy holati aniqlangandi. Rasmiylarga ko‘ra, kasallanganlarning barchasi shifokorlar nazoratiga olingan. Hozirda epidemiologik surishtiruv ishlari olib borilmoqda, bemorlarning kontaktlari aniqlanmoqda. Jakarta shifoxonalarida monitoringlar kuchaytirilgan.

Shuningdek