O‘zbekiston U-23 terma jamoasinng Osiyo o‘yinlaridagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

23-iyul 2026 10:49 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi osiyo o‘yinlarida qaysi guruhdan joy oldi
Foto: Getty Images

O‘zbekiston U-23 olimpiya terma jamoasi Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan XX yozgi Osiyo o‘yinlarining «C» guruhidan joy oldi. Bu haqda O‘FA xabar bermoqda.

Qur’a natijasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar guruh bosqichida Vyetnam, Filippin va Kuvayt terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

23-iyul kuni Nagoyadagi Hilton mehmonxonasida Osiyo o‘yinlarining jamoaviy sport turlari bo‘yicha qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda futbol bilan bir qatorda suv polosi, gandbol, sepak takro, kabaddi, kriket, regbi-7 va voleybol musobaqalarining guruhlari ham aniqlanadi.

O‘zbekiston sharafini futbol musobaqalarida U-23 olimpiya terma jamoasi bilan birga ayollar milliy terma jamoasi ham himoya qiladi. O‘yinlarning aniq taqvimi va uchrashuvlar o‘tkaziladigan stadionlar tashkiliy qo‘mita tomonidan alohida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Foto: O‘FA

Musobaqa haqida

XX yozgi Osiyo o‘yinlari 2026-yil 19-sentabrdan 4-oktabrgacha Yaponiyaning Aichi prefekturasi va Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi. Yaponiya musobaqani Tokio—1958 va Xirosima—1994 o‘yinlaridan keyin uchinchi marta qabul qiladi.

Musobaqada Osiyoning 45 ta milliy olimpiya qo‘mitasidan qariyb 15 ming sportchi va rasmiy shaxs qatnashishi rejalashtirilgan. Dasturdan 41 ta sport turi, 66 ta yo‘nalish va 456 ta medallar jamlanmasi o‘rin olgan. Bellashuvlar Nagoya, Aichi prefekturasining boshqa hududlari hamda ayrim sport turlari bo‘yicha Tokiodagi jami 53 ta arenada o‘tkaziladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan FIFA taqiqi O‘rozovning transferiga ta’sir qilmasligi haqida yozgan edi.

Shuningdek