967 gramm gashish va 423 tup kannabis aniqlandi

eʼlon qilindi
Har ikki holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan
967 gramm gashish va 423 tup kannabis aniqlandi
Foto: DXX

Xorazm va Namangan viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 967 gramm gashish hamda 423 tup kannabis o‘simligi aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

«Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXX, ichki ishlar va bojxona organlari xodimlari Urganch tumanida hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda 2000-yilda tug‘ilgan, avval sudlangan shaxs Rossiyadan taksi orqali yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olayotgan vaqtda to‘xtatilgan.

Jo‘natma tekshirilganda, 10 ta shokolad o‘rami ichiga yashirilgan jami 967 gramm gashish borligi aniqlangan. Modda ashyoviy dalil sifatida protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Namanganda 423 tup kannabis

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazgan boshqa tadbirda esa 1988-yilda tug‘ilgan shaxsga tegishli yer maydonidan 423 tup kannabis o‘simligi topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, o‘simliklar keyinchalik sotish maqsadida yetishtirilgan.

Har ikki holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul olgan elektromontyor ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek