Angrenda to‘yi arafasidagi yigit va qiz is gazidan zaharlanib vafot etdi

eʼlon qilindi
Ularning jasadi garaj ichidagi avtomashinadan topildi
Angrenda to‘yi arafasidagi yigit va qiz is gazidan zaharlanib vafot etdi
Foto: Videodan olindi

Toshkent viloyati Angren shahrida to‘yi arafasida bo‘lgan 31 yoshli yigit va uning 26 yoshli bo‘lajak turmush o‘rtog‘i garajdagi avtomashina ichida is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda «Milliy» telekanalining «Millar» dasturida ma’lum qilindi.

Yigit va qiz bedarak yo‘qolgan

Ma’lumotlarga ko‘ra, 16-iyul kuni soat 23:53 da marhuma qizning opasi ichki ishlar organlariga murojaat qilib, singlisi hamda uning bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Gentra avtomashinasida uydan chiqib ketgani va bedarak yo‘qolganini bildirgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida yigit va qizning jasadi garaj ichida turgan avtomashina salonidan topilgan.

Dastlabki xulosa e’lon qilindi

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan zaharlanish, bosh miya va o‘pka shishi hamda o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.

To‘y azaga aylandi

Mahalla raisining aytishicha, marhumlar yaqin kunlarda turmush qurishi kerak edi. To‘yga barcha tayyorgarlik ishlari yakunlangan bo‘lib, yuz bergan fojia yaqinlari va mahalla aholisini chuqur qayg‘uga solgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Angren shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samarqandda YPX xizmat avtomobili urib yuborgan piyoda vafot etgani haqida yozgandi.

Shuningdek