Ipoteka subsidiyasi uchun arizalar 27-iyuldan qabul qilinadi

eʼlon qilindi
Uy-joyi bor fuqarolarga subsidiya berilmaydi
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar 16-martdan qabul qilinadi
Foto: Facebook.com

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar 27-iyul kuni soat 15:00 dan qabul qilina boshlaydi. Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari, myGov mobil ilovasi yoki my.gov.uz portali orqali topshirish mumkin.

Kimlar subsidiya olish uchun ariza bera oladi

Subsidiya olish uchun ariza beruvchi ijtimoiy mezonlar asosida baholanadi. Bunda u kamida 30 ball to‘plashi kerak.

Shuningdek, ariza beruvchining kredit tarixi dasturda ishtirok etuvchi kamida bitta tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi lozim.

Uy-joyi bor fuqarolarga subsidiya berilmaydi

Ariza beruvchining o‘zi yoki turmush o‘rtog‘i nomida respublikaning istalgan hududida turar joy mavjud bo‘lmasligi kerak.

Bundan tashqari, ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi belgilangan ijtimoiy mezonlar doirasida bo‘lishi talab etiladi.

Arizani qanday topshirish mumkin

Subsidiya olish uchun arizani uch xil usulda topshirish mumkin. Fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilishi, myGov mobil ilovasidan foydalanishi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuborishi mumkin.

Harbiy tuzilmalar xodimlari arizani bevosita Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda topshiradi.

Kredit tarixini tekshirishga ruxsat berish kerak

Ariza topshirish jarayonida fuqaro OneID tizimida shaxsga doir ma’lumotlarni boshqarish paneli orqali tijorat banklariga kredit tarixini baholash uchun ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lishi kerak.

Agar kredit tarixini olishga cheklov o‘rnatilgan bo‘lsa yoki banklarga ma’lumotlardan foydalanishga ruxsat berilmagan bo‘lsa, ariza rad etilishi mumkin.

Dasturda 15 ta bank ishtirok etadi

Subsidiyali ipoteka kreditlarini ajratish dasturida «Agrobank», «Aloqabank», «Asakabank», «Asia Alliance Bank», «Biznesni rivojlantirish banki», «Hamkorbank», «Ipak yo‘li», «Ipotekabank», «Mikrokreditbank», «Orient Finans», «Trastbank», «Turonbank», «Xalq banki», «O‘zmilliybank» va «O‘zsanoatqurilishbank» ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda yangi qurilgan uy-joylar narxi 8,1 foizga qimmatlashgani xabar qilingandi. Shu bilan birga, ijara bozori ham o‘sishni qayd etdi. Respublika bo‘yicha ijara narxlari AQSh dollarida 9,5 foizga, milliy valyutada esa 3,1 foizga oshgan. Toshkent shahrida esa o‘sish nisbatan past bo‘lib, ijara narxi dollar hisobida 6,9 foizga, so‘mda esa 0,6 foizga ko‘tarilgan.

Shuningdek