O‘zbekiston Efiopiya va JAR bilan viza tartibini soddalashtiradi

eʼlon qilindi
Kelgusida vizasiz tartib joriy etilishi mumkin
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun viza tartibini soddalashtirishi mumkin
Foto: Goexploresclub

O‘zbekiston diplomatlari Efiopiya va Janubiy Afrika Respublikasi vakillari bilan fuqarolar uchun viza rasmiyatchiligini yengillashtirish masalalarini muhokama qildi. «Dunyo» axborot agentligi yozishicha, tomonlar viza olish jarayonini soddalashtirish va kelgusida vizasiz tartib joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekiston elchisi Ashraf Xo‘jayev Efiopiya tashqi ishlar davlat vaziri Xadera Abera bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Shuningdek, u Janubiy Afrika Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro munosabatlar va hamkorlik departamenti vakili Sandive Fadana bilan ham alohida muzokara olib bordi.

Viza olish jarayonini yengillashtirish ko‘rib chiqildi

Muloqotlarda O‘zbekiston fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish, viza olish jarayonini qulaylashtirish va fuqarolarning o‘zaro safarlari uchun yaxshi sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar vizasiz tartib joriy etish istiqbollarini ham ko‘rib chiqdi.

Hamkorlikni faollashtirishga kelishildi

Uchrashuvlar yakunida viza tartibini yanada soddalashtirish orqali turizm, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantirish muhimligi qayd etildi. Tomonlar ushbu yo‘nalishda hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya to‘liq elektron viza rejimiga o‘tgandi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab mamlakatga kirish uchun yangi viza olgan arizachilarga pasportga yopishtiriladigan viza stikerlari berilmaydi.

Shuningdek