Xalq Shavkat Mirziyoyevni qanday tabrikladi — video
eʼlon qilindi
24-iyul O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomi

24-iyul O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomi. Davlat rahbari bu yil 69 yoshni qarshi oldi.
«Kursiv» nashri O‘zbekiston xalqining samimiy tabriklarini jamladi.
«Hurmatli prezident, olib borayotgan islohotlaringizda sizga kuch-quvvat, sabr-toqat va qat’iyatli siyosiy iroda tilayman. Har doim sog‘-salomat bo‘ling, Xudoyimning panohida bo‘ling», – deyilgan tabriklarda.
«Otamizni tug‘ilgan kunlari bilan tabriklaymiz. Tani joni sog‘ bo‘lsin. Farzandlarining rohatini ko‘rsin», – deya qutlashdi bir guruh xizmat xodimlari.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari Mirziyoyevni qutlagani haqida yozgandi.