«Yashil» energiya ishlab chiqarish 23 foizga oshdi

eʼlon qilindi
2026-yilda ishlab chiqarish 7 mlrd kVt/soatga yetdi
OTB Qashqadaryoda quriladigan quyosh elektr stansiyasiga 30 million dollar ajratdi
Foto: Smart-market

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida 7 mlrd kVt/soat «yashil» energiya ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23 foizga ko‘p.

Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda umumiy quvvati 5,6 ming MVt bo‘lgan 21 ta «yashil» stansiya ishga tushirilgan.

Shundan 15 tasi quyosh elektr stansiyasi bo‘lib, ularning quvvati 3 930 MVtni tashkil etadi. Yana 6 tasi shamol elektr stansiyasi bo‘lib, ularning umumiy quvvati 1 672 MVtga teng.

2026-yilda ishlab chiqarish 7 mlrd kVt/soatga yetdi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi so‘nggi yillarda keskin oshgan.

2022-yilda 434 mln kVt/soat, 2023-yilda 576,9 mln kVt/soat, 2024-yilda 4,9 mlrd kVt/soat, 2025-yilda esa 10,5 mlrd kVt/soat «yashil» energiya ishlab chiqarilgan.

2026-yilning dastlabki yetti oyida bu ko‘rsatkich 7 mlrd kVt/soatga yetdi.

Jami ishlab chiqarish 23,4 mlrd kVt/soatdan oshdi

So‘nggi to‘rt yil va 2026-yilning o‘tgan davri davomida O‘zbekistonda jami 23,4 mlrd kVt/soatdan ortiq «yashil» energiya ishlab chiqarilgan.

Vazirlikka ko‘ra, bu ko‘rsatkich qayta tiklanuvchi energiya manbalarining mamlakat energetika tizimidagi ulushi ortib borayotganini ko‘rsatadi.

6,24 mlrd kub metr gaz tejaldi

«Yashil» energiya ishlab chiqarish hisobiga qariyb 6,24 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalgan.

Shuningdek, atmosferaga qariyb 13,46 mln tonna zararli gazlar chiqarilishining oldi olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston konditsioner eksportini 5 foizga oshirgandi. 2026-yilning yanvar – may oylarida O‘zbekiston 8 ta davlatga 22 443 dona konditsioner eksport qildi. Eksportning umumiy qiymati $4,6 millionni tashkil etdi. 

Shuningdek