Kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan zargar Ronalduga 1,3 mln dollarlik soat sovgʻa qildi — video

eʼlon qilindi
Bu haqda Arabo Instagram sahifasida maʼlum qildi
 Foto: Pressball.by

Asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan mashhur zargar va Jacob & Co brendi asoschisi Jeykob Arabo portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga qiymati $1,3 mln boʻlgan soat sovgʻa qildi. Bu haqda Arabo Instagram sahifasida maʼlum qildi.

«Yaqin atrofda edim, shuning uchun Ronalduga $1,3 mlnlik soatni shaxsan yetkazib berishga qaror qildim», — deb yozdi zargar.

Uchrashuv davomida Arabo «An-Nasr» klubi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisiga qahrabo tusidagi Caviar Tourbillon soatini taqdim etdi. Mazkur model toʻq sariq sapfir toshlari bilan bezatilgan.

«Bu noyob rang toʻq sariqqa oʻxshash qahrabo. Juda chiroyli», — dedi Arabo soatni koʻrsatar ekan.

Ronaldu esa uning kolleksiyasida deyarli aynan shu rangdagi Bugatti avtomobili borligini aytdi.

«Men xuddi shu rangdagi Bugatti sotib olganman», — dedi futbolchi.

Arabo bunga hayron qolib, Ronalduda bunday rangdagi avtomobil borligini ilgari bilmaganini taʼkidladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kilian Mbappening «garaji»da qanday avtomobillar borligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek