Dollar tushdi: 28-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

28-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 30,16 so‘mga tushib, 11 988,92 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
20-iyul kuni esa 62,10 so‘mga tushib, 12 031,25 so‘mga teng bo‘ldi. AQSh valyutasi 21-iyul kuni 71,16 so‘mga tushib, 11 960,09 so‘mga, 22-iyul kuni 26,47 so‘mga oshib, 11 986,56 so‘mga, 23-iyul kuni 62,28 so‘mga oshib, 12 048,24 so‘mga tenglashdi. 24-iyul kuni 53 so‘mga oshib, 12 101,84 so‘m, 27-iyul kuni 82,76 so‘mga tushib, 12 019,08 so‘m bo‘ldi.
Yevro kursida ham tushish kuzatildi. Yevropa valyutasi 25,96 so‘mga arzonlab, 13 663,77 so‘m bo‘ldi. Rossiya rubli pasaydidi. Rubl kursi 0.38 so‘mga tushib, 153.49 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.