AQSh Ispaniya JCh-2026 mukofotidan 15 mln dollar oladi

27-iyul 2026 09:13 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
AQSh Ispaniyaning JCh-2026 mukofotidan 15 mln dollar oladi
Foto: Shutterstock

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan Ispaniya terma jamoasi mukofot pulining qariyb $15 mln qismini AQShda soliq sifatida to‘lashi mumkin. Bu umumiy mukofotning 30 foiziga teng, deb xabar berdi Fox News.

AQSh soliq qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat rezidenti bo‘lmagan xorijlik sportchilarga to‘lanadigan ayrim daromadlardan odatda 30 foiz federal soliq ushlab qolinadi. Soliq bitimi yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa imtiyoz mavjud bo‘lsa, stavka kamaytirilishi mumkin.

Tartib kimlar uchun amal qiladi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasining AQSh budjetiga to‘lashi mumkin bo‘lgan soliq miqdori qariyb $15 mlnni tashkil etadi. Ushbu tartib faqat chempion jamoaga emas, balki JCh-2026 doirasida AQSh hududida o‘yin o‘tkazgan barcha terma jamoalarga taalluqli. Hatto faqat turnirda qatnashgani uchun mukofot olgan jamoalar ham tegishli soliqni to‘lashi kerak bo‘ladi.

AQSh Kongressi Vakillar palatasining respublikachi a’zosi Tim Berchett amaldagi tartibni tanqid qildi.

«Menimcha, bu — talonchilik. Biz bu odamlarning mamlakatimizga kelib, pullarini shu yerda sarflashini istaymiz, keyin esa ularning daromadidan katta qismini olib qo‘yamiz. Bizga yanada samarali soliq tizimi kerak», — degan kongressmen.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Devid Bekhem JCh – 2026 reklamalaridan 25 mln dollar ishlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek