Fond bozori: 19 ta yuqori likvidli aksiya haftani salbiy yakunladi

eʼlon qilindi
17-iyuldan 24-iyulgacha bo‘lgan davrda
Foto: Freepik

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 17-iyuldan 24-iyulgacha bo‘lgan davrda salbiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 0,92 foizga tushdi.

Ushbu davr mobaynida «Garant bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 17,79 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «UzAuto Motors» (+3,34%) va «Turonbank» aksiyalarida (+2,64%) ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «Trastbank» aksiyalari 16,67 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Qashqadaryo texnologik transport» (-8,07%) va «O‘zbektelekom» (-6,67%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Kapital sug‘urta», «Chilonzor buyum savdo kompleksi» va «Aloqabank» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Bitimlar soni bo‘yicha «Ipoteka-bank» (5 340 ta), UzNIF (3 736 ta) va «SQB» (1 007 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa UzNIF (3,07 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. «O‘zbektelekom» (1,29 mlrd so‘m) va «SQB» (639,32 mln so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 16 tasi haftani ijobiy, uchtasi o‘zgarishsiz va 19 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 8,70 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshkent» RFB rahbari ipoteka obligatsiyalari uy-joy va kapital bozorlarini qanday o‘zgartirishi haqida ma’lumot bergandi. 2026-yil 8-iyul kuni «Toshkent» Respublika fond birjasida O‘zbekiston tarixida ilk bor ipoteka obligatsiyalarini joylashtirish bo‘yicha 40,56 mlrd so‘mlik bitim amalga oshirildi. 

Shuningdek